AutoCAD-2004 dasturining ish stoli

Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli:

1)      «Standart asboblar» paneli;

2)      «Obyekt xossasi» paneli;

3)      «Chizish» paneli;

4)      «O‘zgartirish» paneli;

5)      «O‘lchamlar» paneli;

6)      «Obyektni bog‘lash» paneli.

ASBOBLAR PANELINI SOZLASH ALGORITMI.

1)      sichqon klavishi o‘ng tomonini asboblar panelining ixtiyoriy birortasini ko‘rsatib, bosamiz.

2)      ochilgan ro‘yxatdan kerakli asboblar panelini belgilaymiz.

 

  • GRAFIK MAYDON (Model maydoni) –ish stolining o‘rta maydonini egallagan bo‘lib, modellar chizmasini yaratish uchun mo‘ljallangan. Model maydoni parametrlarini qo‘llovchi o‘ziga mos qulay ravishda o‘zgartirishi mumkin.

MODEL MAYDONINI SOZLASH ALGORITMI.

1)      Sichqon klavishining o‘ng tomonini grafik maydonning ixtiyoriy joyiga bosamiz, Опции punktini belgilaymiz.

2)      Ochilgan «Parametrlar» dialog oynasida quyidagi sozlashlarni amalga oshirish mumkin.

  1. A) Oyna elementlari ish stoli ko‘rinishini sozlash, ya’ni;

1)      Rang tugmachasi yordamida model maydoni  rangini tanlash mumkin;

2)      Dialog oynasiga chaqiriladigan shrift turini Shrift tugmachasi orqali sozlash mumkin.

  1. B)  Format elementlari maydoniga Varaq maydoni M2 umumiy ko‘rinishini sozlash mumkin.
  2. V) “Aks ettirishni kengaytirish qobiliyati” maydonida obyektlarning tasviri sifatini sozlash mumkin, ya’ni yoylar va aylanalar egri chiziqlarda segmentlar soni va h.k.
  3. G) Aks ettirish maydoniga uch o‘lchovli rang berilgan (3D) obyektlarni aks ettirish sifatini sozlash mumkin.

Добавить комментарий